Jonivorlarni RFID teglar yordamida
identifikatsiyalash
Jonivorlarning elektron
pasportini yaratish
Barcha ma'lumotlarni real vaqt
rejimida onlayn kuzatish
Vaksinatsiya jarayonini kuzatish
va boshqarish
Jonivorlarning sog‘ligini
elektron kuzatish
Muhim ma'lumotlar haqida
ogohlantirishlar
Axborot tizimini ishga tushurish uchun quyidagi qurilmalardan foydalaniladi
RFID (Radio-Frequency Identification) radiosignal yordamida obyektlarni avtomatik identifikatsiyalash imkonini beradigan texnologiya bo‘lib hisoblanadi. RFID teglar sigirlarning qulog‘iga qistiriladi va ularni tizimda avtomatik identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladi.
RFID teglardan identifikatsiya ma'lumotlarni o‘qib olish va tizimdan tegishli ma'lumotlarni yuklab olib foydalanuvchiga taqdim etish vazifasini bajaradi. Shuningdek mazkur qurilma yordamida kasallik va vaksinatsiya haqidagi ma'lumotlarni tizimga kiritish mumkin.
Sut sog‘ish vaqtida qoramollarni yakka tartibda identifikatsiyalash yoki boshqa hollarda qoramollar guruxi haqidagi ma'lumotlarni olish imkonini beradi.
Sog‘ilayotgan sut miqdori, uning sifati va sut orqali sigirning kasallik belgilarini avtomatik qayd etish imkonini beradi.
2023 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida innovatsion loyiha doirasida olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalariga bag‘ishlangan «XALQ XO‘JALIGI SOHASIDA ILG‘OR TEXNOLOGIYALAR TADBIQI MUAMMOLARI» mavzusidagi hududiy ilmiy-texnik konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya jami 3 ta shoʻba bo‘yicha o‘tkazilib unda 60 ta ishtirokchilar o‘zlarining sohada olib borayotgan ilmiy izlanishlari natijalari bo‘yicha jami 86 ta ma'ruzalar bilan qatnashdi.
Anjuman ma'ruzalarini yuklab olish yoki ular bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin.
Batafsil